Фавқулотда ҳолатларYo'naltirildiMuammo
To'yxona keluvchilari yo'lni to'sib qo'yishlari va tartib buzilishi
MF-2026-000491 9 marta ko'rilgan 0 izoh
Rasm yuklanmagan
Muammoning tavsifi
Assalomu alaykum. Manzil: Farg‘ona shahri, A. Yassaviy ko‘chasi, "Fayz" to‘yxonasi atrofi. Muammo: "Fayz" to‘yxonasiga kelganlar mashinalarini ko‘chamizga qo‘yib, yo‘lni butunlay to‘sib qo‘ymoqda. Ichkarida 4 ta ko‘p qavatli dom (3 ta 4 qavatli, 1 ta 7 qavatli) bor. To‘y bo‘lgan kuni aholi kirib-chiqa olmaydi, eng yomoni tez yordam va o‘t o‘chirish mashinalari ham kirolmay qoladi. Mahalla raisiga va to‘yxonaga aytdik, foydasi bo‘lmadi. YHXH (GAI) va Farg‘ona shahar hokimligidan yo‘l to‘silishini bartaraf etishni hamda to‘yxona atrofida tartib o‘rnatishni so‘raymiz. Murojaatchi: Umarov Shohrux Tel: +998 93 644 62 62