Bizni kuzating
Orqaga
BoshqaRad etildiTashabbus

“Povulg‘on qishlog‘ida asosiy yo‘l ta’miri tugaguniga qadar muqobil kirish-chiqish yo‘lini tashkil etish to‘g‘risida”

MT-2026-000469 0 marta ko'rilgan 0 ovoz

Tashabbus tavsifi

MUROJAAT Hurmatli rahbarlar! Biz, Povulg‘on qishlog‘i aholisi, qishloq ichki asosiy yo‘lining betonlashtirilishi munosabati bilan murojaat qilmoqdamiz. Asosiy yo‘l ta’miri vaqtida qishloqqa kirish-chiqish cheklanib, aholiga, ayniqsa, keksalar, ishga va o‘qishga qatnaydigan fuqarolarga noqulaylik tug‘ilishi mumkin. Eng muhimi, tez yordam, yong‘in-qutqaruv, gaz va elektr xizmatlarining harakatlanishida muammo yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Mardlar ko‘chasida qo‘shni qishloqqa olib chiqadigan muqobil yo‘l uchun ilgari ajratilgan joy mavjud. Shu hududni joyiga chiqib o‘rganib, asosiy yo‘l ta’miri tugaguniga qadar undan muqobil kirish-chiqish va favqulodda xizmatlar uchun yo‘l sifatida foydalanish imkoniyatini yaratib berishingizni so‘raymiz. Murojaatimizni amaliy jihatdan o‘rganib, ijobiy hal etishingizni so‘raymiz. Povulg‘on qishlog‘i aholisi nomidan Fuqaro murojaati ijobi xal boʻlayotkanligi sababli bekor qilishini soʻradi Kutilayotgan natija: Asosiy yo‘l ta’miri tugaguniga qadar Mardlar ko‘chasidagi mavjud imkoniyatni o‘rganib, qishloq aholisi uchun muqobil kirish-chiqish yo‘lini tashkil etish va tez yordam, yong‘in-qutqaruv hamda boshqa maxsus xizmatlarning erkin harakatlanishini ta’minlash.

0 / 10 ovozRad etildi

Muddat: 30-avgust, 2026