SanitariyaTasdiqlandiMuammo
Sanitariya talablarinining buzilishi
MF-2026-000046 0 marta ko'rilgan 1 izoh
Muammoning tavsifi
Farg'ona shahri, Alisher Navoiy ko'chasida, 33-uy qarshisida (Sarbon supermarketi belgisida) joylashgan avtobus bekatining ichida 2025-yildan boshlab men tomonidan ko'rilayotgan chiqindi bor, bekat ichida hech kim uni olib tashlashga yoki kamaytirishga urinmadi. Bekat yaroqsiz holatda, u yerda juda yoqimsiz hid kelgani sababli ichkariga kirishni xohlamaydi. Sanitariya normalarining buzilishi avtobuslarni tashqarida kutishga majbur qilmoqda. Sizdan tegishli choralar ko'rishni va bekatni sanitariya normalariga muvofiq holatga keltirishni so'raymiz. Agar murojaatim noto'g'ri manzilga kelgan bo'lsa, uni kerakli iddalarga yo'naltirishingizni so'rayman.
Amalga oshirilgan ishlar
Farg‘ona shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan fuqaro Muxitdinov Elyor Rashidovning admin.fergana.uz orqali 20.01.2026-yil kungi kelib tushgan murojaati O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi 2017-yil 11-sentabr O‘RQ-445-sonli qonunida belgilangan tartibida ko’rildi: Murojaatda A.Navoiy ko‘chasi 33-uyning ro‘parasida joylashgan aqlli bekat ichi chiqindilarga to‘lganligi va hid kelayotganligi to‘g‘risida bildirilgan. O‘rganuvda murojaatchi yo‘llagan murojaatini oqibatsiz qoldirilishini yozma bildirganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 11 sentabr O‘RQ-445-sonli qonunining 30-moddasida “Murojaatlarni ko‘rib chiqishni tugatish”, ya’ni agar murojaat qiluvchi o‘z murojaatini belgilangan tartibda chaqirib olgan bo‘lsa yoki ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida iltimos qilgan bo‘lsa tugatilishi belgilangan. Murojaatchi Muxitdinov Elyor Rashidovning 21.01.2026-yil kungi murojaati yozma bildirgisi asosida ko‘rib chiqish tugatilishi ma’lum qilindi.
- Bajarilgan sana/soat:
- 22.01.2026, 10:16
- Mas'ul tashkilot:
- Sanitariya-yepidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi